“Arsenal” va “Chelsi” tovon puli 100 million bo‘lgan braziliyalik futbol uchun kurashishmoqda

  • 06.02.2026 16:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" "Korintians"ning 20 yoshli yarim himoyachisi Breno Bidonni sotib olish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi, ammo "Chelsi" kelishuvga aralashishi mumkin. Bu haqida Caught Offside xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ayni damda "kanonirlar" braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga eng yaqin turibdi. "Korintians" muzokaralarda kuchli pozitsiyani egalab turibdi, chunki Bidonning shartnomasida 100 mln yevro tovon puli belgilangan. Biroq, San-Paulu klubi yarim himoyachining imkoniyatlarini real baholamoqda va uni yozda 30 mln yevroga sotishga rozi bo‘lishi mumkin.

Bidon 2024 yilning mart oyidan beri "Korintians"ning kattalar jamoasida o‘ynamoqda. Bu vaqt ichida braziliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 107 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 14 mln yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!