
"Arsenal" vingeri faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi
"Arsenal" vakili Nikolas Pepe Turkiyaning "Trabzonspor" klubiga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Ma’lum bo‘lishicha, vinger "kanonirlar" bilan shartnomasini bekor qilib, Turkiya klubi bilan 2024 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolamoqchi. Bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoni ham bor. Pepe tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va ushbu transfer rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik vingerni "Arsenal" 2019 yilda "Lill"dan 80 million evro evaziga sotib olgandi.
Fikrlar