"Arsenal" yana bir "Siti" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
"Arsenal" "Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenkoni o‘z safiga qo‘shib olish arafasida. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Transferning taxminiy qiymati 30 million evro bo‘lishi kutilmoqda. Hozircha Zinchenkoning London klubida qancha maosh olishi aniq emas.
Ma’lumot o‘rnida, "kanonirlar" yaqinda "Siti" hujumchisi Gabriel Jezusni 45 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi.



Fikrlar