"Arsenal" yana bir transferga jiddiy kirishdi

  • 22 avgust, 2024, 14:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" "Atalanta" futbolchisi Ademola Lukman uchun 50 million evro to‘lashga tayyor. Jurnalist Alfredo Pedullaning yozishicha, bergamoliklar o‘z futbolchisi uchun kamida 65-70 million evro olmoqchi.

Tecno

Qayd etilishicha, London klubi taklifni yanada yaxshilash uchun shartnomaga himoyachi Yakub Kivyorni ham kiritishi mumkin.

Shu bilan birga, "Atalanta" Lukmanga klub bilan amaldagi shartnomasini futbolchi uchun qulay shartlar asosida uzaytirishni ham taklif qilmoqda. Yangi bitimga ko‘ra, nigeriyalik futbolchining maoshi yiliga 3,5 million evro qadar etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, vinger ortda qolgan mavsum klub safida, barcha turnirlar doirasida 45ta o‘yinda maydonga tushib, 17ta gol urgan va 9ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!