
"Arsenal" yana bir transferni e’lon qildi
Rasman Yakub Kivyor "Spetsiya"dan "Arsenal"ga o‘tdi. "Kanonirlar" ushbu transferga 25 million evro sarfladi va himoyachining o‘zi bilan 2028 yilgacha amal qiladigan shartnoma bo‘yicha kelishib oldi.
London klubining bosh murabbiyi Mikel Arteta polshalik futbolchi haqida gapirib o‘tdi.
"Kivyor transferi ajoyib bo‘ldi. U ko‘p qirrali, yuqori potensialini ko‘rsata oladigan futbolchsi. Shu bilan birgalikda, himoyamizni yanada mustahkamlay oladigan o‘yinchi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
"Yakub va uning oilasini tabriklaymiz. Biz u bilan ishlashni intiqlik bilan kutmoqdamiz", - deya qo‘shimcha qildi Arteta.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli himoyachining "Arsenal"dagi debyuti "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ushbu bahs Angliya kubogi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar