
"Arsenal" yozda Granit Jakani sotib yubormoqchi
Express nashri xabar berishicha, Londonning "Arsenal" jamoasi mavsum yakuniga etganidan so‘ng yarim himoyachi Granit Jakani sotib yubormoqchi.
"To‘pchilar" Jaka bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi. Hozirda ushbu xavbekga "Inter" klubi tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Italiyaliklar allaqachon Jaka borasida "Arsenal" bilan muzokara o‘tkazgan.
Manbada keltirilishicha, bosh murabbiy Unai Emeri ham futbolchini qo‘yib yuborishga qarshi emas. Jaka transferidan tushadigan mablag‘ evaziga yangi futbolchilarni taklif qilmoqchi.
Fikrlar