"Arsenal"dagi "marvarid"ga Gvardiolaning havasi kelgan edi! Hozir u qaerda?

  • 31 avgust, 2021, 22:02
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bir necha yillar ilgari "Arsenal" birdaniga mamlakatning 5 ta iqtidorli yosh futbolchisi bilan shartnoma imzoladi. Remzi, Gibbs, Chemberleyn, Jenkinson va Uilshir. Barchasi bir-biridan qolishmasada, Arsen Venger Jekni alohida e’tirof etdi:

"U markazdagi chinakam jangchi! Kurash va mehnatdan qochmaydi. Keljakda u "Arsenal"ning yuragiga aylanadi!"

Frantsuz qanchalar kuchli mutaxassis bo‘lmasin, qilgan taxmini o‘zini oqlamadi. Uilshir kutilgan darajaning 10/1 ham namoyish eta olmadi. Uning oson bo‘lmagan hayoti sizni befarq qoldirmasligi turgan gap.

g5p4lgp45lpg

19 yoshida "Barselona"ga xavf solgan yigit

2011-yilning fevral oyida Jek Uilsher nomi butun dunyoga yoyildi. "Arsenal" EChL doirasidagi matchda o‘sha davrdagi Pep Gvardiolaning to‘xtatib bo‘lmas "Barselona"siga qarshi pley-off bosqichida kuch sinashdi. Londonda bo‘lib o‘tgan bahsda 19 yoshli Jek Xavi-Inesta-Buskets uchligini markazda bir o‘zi to‘xtatdi. O‘yindan (2:1) so‘ng, Pep Uilshirning harakatlarini alohida e’tirof etib, shunday jangchini o‘z jamoasida ko‘rish niyatida ekanligini oshkor qildi. Keyinroq Xavi intervyularidan birida o‘sha voqeaga oydinlik kiritdi:

"Pepga doim Jekning o‘yin uslubi yoqar edi. U Londondagi 90 daqiqa ichida barchamizni hayron qoldirdi. Kataloniyaga qaytar ekanmiz, yo‘l bo‘yi murabbiylar bilan Uilshir haqida so‘zlashdik. Ochig‘i, buni unutib yuborishning imkoni yo‘q"

2010/11-yilgi mavsum to‘liq qahramonimizga ataldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Diabi va Remzining jarohati sababli asosiy tarkib uchun yo‘lak hosil bo‘lgandi. 2010-yilning kuzida Jek Evropaning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnomada 2 - pog‘onani zabt etdi. Mavsum yakunida uni Angliyadagi eng yaxshi yosh futbolchi deb e’lon qilishdi. Bonus sifatida termadagi debyut o‘yinini ko‘rsatishimiz mumkin.

Afsuski, bu uning to‘liq o‘tkazgan so‘nggi mavsumiga aylandi. Keyin "Arsenal" uchun yildan yilga o‘tkazgan o‘yinlar soni kamayib bordi. 25-24-14-3-2 ...

Hammasi "Emereyts kap" musobaqasida boshlandi. Nyu-York shahrida "Red Bull" bilan to‘qnash kelgan "Arsenal" o‘yinda g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 7 daqiqasida engil jarohat olgani sababli maydonni tark etgan Uilsherga birov e’tibor ham bermadi. Klub shifokorlari unda pay cho‘zilishi kuzatilganini ma’lum qilishdi. Ko‘p o‘tmay, to‘qnashuv sababli Jek tizza suyagini sindirgani va jarrohlik operatsiyasini boshdan o‘tkazishi haqida klub rasmiy bayonot berdi.

O‘z pik darajasiga ko‘tarilgan yigit 1,5 yil futboldan chetda qolishga majbur bo‘ldi. 2012/13-yilda u yana tiklanib safga qaytdi, biroq ko‘p o‘tmay yana oyoqdagi og‘riq sababli "qora ro‘yxatdan" o‘rin egalladi. Achinarlisi shundaki, Uilshir o‘z imkoniyatlarining 30/1 qismini ham namoyish eta olmadi. "Arsenal"da umumiy hisobda 175 matchni o‘tkazib yuborgach, "kononirlar" ham qo‘l siltab yubordi.

plgp3l4pgl34g

"Bornmunt"ga borib qo‘shilgach, jamoa shifokorlari Uilshirni erta yuklamalarni olgani bois, surunkali jarohatlar qurboni bo‘lganini ma’lum qildi. Afsuski, poezd ketib bo‘lgan, hech narsani o‘zgartirishning endi imkoni yo‘q. Shifokorlar o‘z so‘zini ustidan chiqdi. U "Arsenal"dagi so‘nggi 3 mavsumidan (20 o‘yin) ko‘ra ko‘proq (27) matchda ishtirok etdi.

Hozir u qaerda?

Yaqindagina Jek "The Athletic" nashri uchun kattagina intervyu berdi. Uning so‘zlari futbol muxlislari ko‘zlarida yosh qalqishiga sabab bo‘lgani aniq.

"Hozir bolalarim voqealarni anglay oladigan yoshda. Ayniqsa, Archi (katta o‘g‘li) menga ko‘p savol beradi. Nega MLSga yo‘l olmasligim, nima uchun meni birorta klub o‘z safida ko‘rishni istamayotgani va boshqa alamli savollarni 9 yoshli farzandimdan eshitdim. To‘g‘risi, bu savollarga qanday javob berishni bilmay jim bo‘lib qolaman. Keyin, uning peshonasidan o‘pib nari ketaman. "

Qahramonimiz bugun 29 yoshda klubsiz qolib ketdi. Ayni damda faoliyatini qayta ishga tushirish haqida boshqotirmoqda. Buning uchun Angliyani tark etish talab etiladi. U ketishga tayyor.

"Avval ham aytganimdek, boshqa chempionatda to‘p surishga tayyorman. Meni ko‘rganda : "Iya bu bugun jarohat oladigan yigit-ku!" yoki "U atigi 5 o‘yinda ishtirok etadi xolos, yaxshisi pullarni boshqa futbolchiga sarflagan yaxshi" qabilida fikr bildiradiganlardan charchadim."

Uning so‘nggi ish joyi hozircha "Bornmunt" bo‘lib turibdi. Jek jamoa safida 17 o‘yinda ishtirok etib 2 gol kiritishni uddalagan. Muhimi bu emas. U "Bornmunt"da lazaretga ravona bo‘lgani yo‘q. So‘nggi bor "Vest Hem" tarkibida 2019-yilda safdan chiqqan futbolchi o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni tiklab bormoqda.
Uning omad poezdi hali to‘liq ketib qolgani yo‘q. So‘nggi vagon qo‘l cho‘zsa, etgulik masofada turibdi. Endi tezroq unga chiqib olish va orzular sari intilish kerak. SPORTS.uz Jek Uilshirga faoliyatida omad va zafarlab tilab qoladi.

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!