"Arsenal"ga xaridor chiqdi
Nigeriyalik siyosatchi va biznesmen Orji Uzor Kalu "Arsenal" aktsiyalarini xarid qilmoqchi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Futbolda menga "Eniimboy" (Nigeriya chempionligini qo‘lga kiritgan klub) jamoasi bilan erishgan yutuqlarimiz ishtiyoq bag‘ishlaydi.
Futbolga sarmoya kiritishimiz, Afrika futbolini rivojlanishiga xizmat qiladi, deb o‘ylayman. Men "Arsenal"ning 35 foiz aktsiyalarini sotib olaman. Maqsadimiz "Eniimboy"da bajarganimizdek, APL va EChL chempioni bo‘lish.
Buyuklikka erishmoqchi bo‘lsangiz, sevimli ishingiz bilan mashg‘ul bo‘lishingiz kerak. London klubiga sovrinlarni qaytarish uchun menga jamoaning aktsiyalari kerak," - dedi Kalu.
Amaldor Nigeriyaning Daily Sun va The Telegraph nashrlariga egalik qiladi.
"Arsenal"ning 97 foiz aktsiyasi amerikalik Sten Krokega tegishli.

Fikrlar