
"Arsenal"ning asosiy hujumchisi uchun mavsum muddatidan avval yakunlandi
"Arsenal" klubining braziliyalik hujumchisi Gabriel Martinelli chap tizzasidan operatsiya qilindi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 19 yoshli futbolchi bu mavsum boshqa maydonga tusholmaydi. Shifokorlar uning sog‘ayishi uchun bir necha hafta muddat ketishini aytgan.
Martinelli joriy mavsum “Arsenal” safida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yshga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar