"Arsenal"ning chempionlik imkoniyati keskin oshdi — "Opta" 91,01 foiz baholamoqda

  • 02.02.2026 01:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Mikel Arteta jamoasi 24 turdan so‘ng 53 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida birinchi o‘rinni egalab turibdi. "Arsenal" yaqin ta’qibchisi "Manchester Siti"dan 6 ochko, "Aston Villa"dan esa 7 ochko oldinda bormoqda.

"Opta" superkompyuteri "to‘pchilar"ning APLda chempion bo‘lish imkoniyatini 91,01 foiz deb baholadi. Avvalgi turdan keyin bu ko‘rsatkich 84,44 foizni tashkil etgan edi.

Shu bilan birga, "Manchester Siti"ning chempionlik ehtimoli 5,49 foizgacha pasaygan. "Aston Villa"ning imkoniyati 3,25 foiz deb ko‘rsatilmoqda. "Liverpul" va "Chelsi"ning chempionlik ehtimoli 0,11 foizni, "Manchester Yunayted"niki esa 0,03 foizni tashkil etadi.

"Opta" hisob-kitoblariga ko‘ra, APLning qolgan jamoalarida birinchi o‘rin uchun deyarli imkoniyat qolmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!