"Arsenal"ning sobiq darvozaboni vafot etdi

  • 4 iyun, 2021, 19:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali jamoaning sobiq darvozaboni Alan Millerning vafoti haqida e’lon qildi.

Tecno

Sobiq posbon 51 yoshida olamdan o‘tgan. Hozircha uning o‘limi sabablari ma’lum qilinmayapti.

Miller 1988-1994 yillarda "Arsenal" sharafini himoya qilgan. U ushbu davr mobaynida Angliya kubogi, Angliya liga kubogi va Kubok egalari kubogida g‘alaba qozongan.

“Kanonirlar” o‘z tarbiyalanuvchisi hisoblangan Alanning oila a’zolari hamda yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!