Arshavin: "Arsenal" bu safar chempionlikni qoʻldan chiqarmaydi"
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Andrey Arshavin joriy Angliya Premier-ligasi mavsumida sobiq jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritishiga ishonishini bildirdi.
— Ha, albatta. Farq allaqachon yetarlicha jiddiy. Ilgari "Arsenal" uchrashuvlarning so‘nggi daqiqalarida ochko yo‘qotardi, hozir esa aksincha — aynan o‘sha pallalarda g‘alaba qozonmoqda, — dedi Arshavin.
31 tur yakunlariga ko‘ra, "Arsenal" Angliya Premier-ligasi turnir jadvalida 70 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. "Manchester Siti" bilan farq 9 ochkoni tashkil etmoqda, biroq "kanonirlar" raqibiga nisbatan bir o‘yin ko‘proq o‘tkazgan. Bu holat chempionlik poygasini hali ham intrigada saqlab turibdi.
32-turda Mikel Arteta shogirdlari o‘z maydonida "Bornmut"ni qabul qiladi. Uchrashuv 11 aprel kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 16:30 da start oladi.
Fikrlar