Arteta bu futbolchini jamoasida ko‘rishni xohlamoqda

  • 21.02.2026 16:34
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Arsenal" klubi "Shtutgart" hujumchisi Deniz Undav bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqida "Fichajes" nashri ma'lum qildi.

Manbada berilgan ma'lumotga koʻra, "kanonirlar" allaqachon transfer ustida ish olib bormoqda. "Toʻpchilar" ustozi Mikel Artetaning shaxsan oʻzi bu futbolchini transfer qilishni xohlamoqda. Nemis klubi ishonchli taklif boʻlmasa muzokaralarni boshlamoqchi emas. 

29 yoshli futbolchining ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 20 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha moʻljallangan. 

Ma'lumot uchun, Deniz joriy mavsum "Shtutgart" safida 30 ta bellashuvda maydonga tushib, oʻz nomiga 16 ta gol va 11 ta golli uzatmani yozdirib qoʻyishga erishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!