
Arteta: "Futbol – bu basketbol emas"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Liga Kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Futbol – bu basketbol emas. Basketbolda siz savatga 50 marta to‘pni uloqtirsangiz, raqib 1 tagina imkoniyatga ega bo‘ladi. Afsus, futbolda bunday emas, agar shunday bo‘lganda, siz har o‘yinda g‘alaba qozonar edingiz. Futbolda shu kabi vaziyatda 0:1 hisobida yutqazishingiz mumkin. Masalan, biz o‘z darvozamizga zarba o‘tkazmasdan "Byornli"ga mag‘lub bo‘ldik", - dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "Arsenal" – "Manchester Siti" o‘yini bugun tunda soat 01:00da start oladi.
Fikrlar