Arteta "Manchester Yunayted"ning ustun tomonlarini aytib berdi
Londonning "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta dam olish kunlari bo‘lib o‘tadigan "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.
"Ular ko‘p jihatdan juda kuchli. Ayniqsa, tezlikka o‘tish imkoniyati paydo bo‘lganda, ayrim futbolchilari yugurib ketish uchun sharoit topsa, o‘ta xavfli bo‘lib ketadi. Buni siz bir necha kun oldin Manchesterdagi o‘yinda ham ko‘rdingiz.
Ularda raqibga muammo tug‘dira oladigan ko‘plab jihatlar bor. Shu bilan birga, har bir jamoaning o‘z zaif tomonlari ham bo‘ladi. "Manchester Yunayted" o‘yini tarixan qarshi hujumlar bilan bog‘liq va bu jamoada doim tezlik bilan yugurib ketishni juda yaxshi biladigan futbolchilar o‘ynagan.
Aniq statistikani bilmayman, lekin ishonchim komil — ular bu borada eng yaxshilar qatorida", — dedi "Arsenal" ustozi.
Eslatib o‘tamiz, londonliklar "Manchester Yunayted" bilan 25 yanvar kuni to‘qnash keladi.
Fikrlar