Arteta: "O‘tgan haftani unutib, keyingi o‘yinga e’tibor qaratamiz"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta hamon jamoasining Angliya Premer-ligasidagi g‘alabasiga ishonadi. “Manchester Siti” ayni damda chempionlik poygasida peshqadamlik qilmoqda.
“Biz Chempionlar ligasiga qaytishga erishdik. Shu bilan birga “Arsenal” hali ham Angliya premer-ligasida g‘alaba qozonishiz mumkin, chunki mavsum yakunlanishiga hali beshta tur bor. Bu davrda ko‘p narsa sodir bo‘lishi mumkin. O‘tgan hafta sodir bo‘lgan voqealarni unutib, undan saboq olishimiz kerak", - dedi Arteta.
Eslatib o‘tamiz, "kanonirlar" o‘tgan hafta APLdagi raqibi "Manchester Siti"ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar