Arteta ustozi Gvardioladan o‘yinchi so‘rashga botina olmayapti

  • 19 may, 2023, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasiga “Manchester Siti” himoyachisi Joau Kanseluni olib kelmoqchi.

Tecno

Portugaliyalik futbolchi bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan urishib qolganidan keyin “Bavariya”ga ijaraga berib yuborilgandi. “Shaharliklar” yozda Kanseluni sotib yuboradi.

Biroq, Xosep Gvardiola o‘ziga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchini “Arsenal”ga o‘tishiga qarshilik qilishi mumkin. Chunki ispaniyalik murabbiy o‘tgan yili sobiq futbolchilari – Gabriel Jezus va Aleksandr Zinchenkoni “Arsenal”ga qo‘yib yuborgan edi.

Bu ikki futbolchi yordamida Mikel Arteta chempionlikni “Manchester Siti”dan tortib olishiga bir bahya qoldi. “Siti” rahbariyati “Arsenal” yanada kuchayib ketmasligi uchun londonltklarga o‘yinchi sotmasligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!