Arteta Vengerning natijasini takrorlashi mumkin
Angliya chempionati 19-turida "Arsenal" "Nyukasl" bilan bahs olib bordi va yirik hisobda (3:0) g‘alaba qozondi.
Mikel Arteta boshchiligidagi klub so‘nggi besh o‘yinda barcha turnirlarda darvozasi daxlsizligini saqlab qolmoqda: to‘rt g‘alaba va bir durang, to‘plar nisbati 10:0.
Londonliklar 2009 yil fevralidan buyon, birinchi marotaba beshta o‘yinda gol o‘tkazmadi. O‘shanda quruq seriya olti o‘yinni tashkil qilgan edi.
APLda "kanonirlar" so‘nggi besh o‘yinda to‘rtta g‘alaba qozondi va 19-turdan so‘ng 10-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Fikrlar