
Artur "Barselona" futbolchilari bilan xayrlashdi
"Barselona" xavbeki Artur Ramos ertalabki mashg‘ulotlar paytida jamoa a’zolari bilan xayrlashgan. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli braziliyalik futbolchi mashg‘ulotlardan so‘ng jamoadoshlarini to‘plagan va “Barselona”dan ketayotganini ma’lum qilgan.
Bundan avvalroq, Artur turinliklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tgani va tez orada ular bilan 5 yillik shartnoma imzolashi haqida xabar berilgan edi. U joriy mavsum kataloniyaliklar safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar