Ashraf Hakimi yana bir mavsum "Borussiya" Dortmundda qoladi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Ashraf Xakimi yangi mavsumni yana "Borussiya" Dortmundda o‘tkazadi. Bu haqda “qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidan aytib o‘tdi.
“Ashraf Dortmundda yana bir mavsum o‘ynaydi. U yaxshi futbolchi, biz buni bilamiz. Uning uchun Germaniyada yana bir mavsum o‘tkazish yomon qaror bo‘lmaydi”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli marokashlik futbolchi o‘tgan mavsum “Borussiya” Dortmund safida Bundesligada jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar