
Asilbek Jumaev "Surxon" safida 50-uchrashuvni o‘tkazdi!
Xabaringiz bor, bir necha kun oldin Superliga 21-turi doirasidagi "Nasaf" - "Surxon" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Ushbu bellashuvda Asilbek Jumaev "uchar tulporlar" safidagi 50-uchrashuvni o‘tkazdi. 19 yoshli surxondaryolik yarim himoyachi 2023 yilgi mavsumida "Buxoro"ga qarshi bahsda debyut qilgandi. Qisqa vaqt ichida Asilbek muxlislarining yoqimtoyiga aylandi.
Fikrlar