Asimov derbida penalti berishi kerakmidi? O‘zFHM matbuot xizmati tomonidan vaziyatga munosabat bildirildi
O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan "Navbahor" va "Neftchi" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda mezbonlar kichik 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
"O‘zbekiston Futbol Hakamlar Markazi matbuot xizmati “Navbahor” va “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi bahsli penalti bo‘yicha uchrashuv nazoratchisining xulosasini ma’lum qiladi.
“Navbahor” - “Neftchi” o‘yinining 90+1-daqiqasida mehmonlarning 9-raqamli futbolchisi H. Norchaev raqib jarima maydonida keskin qarshilikka uchradi. U to‘p uchun kurashayotgan bir vaqtda namanganliklar himoyachisi tomonidan zararsizlantirildi. Bu vaziyatda mezbonlar vakili to‘pga raqibidan birinchi etib borgan va to‘p uchun harakat qilgan", - deyiladi xabarda.
Fikrlar