"Asosiy maqsadimiz Superliga", "bu men uchun doim bosh og‘riq", "biz "Paxtakor" darajasidamiz" (2-qism)

  • 30 oktabr, 2022, 21:25
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi finalidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" o‘yini yakuniga etdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha taymlarda esa nominal mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Qarshi klubi safida gollarga Akmal Mozgovoy va Mateus Lima Kruz mualliflik qildi. Namanganliklarning goli Doniyor Abdumannopov nomiga qayd etildi: 

Bellashuvdan so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdievning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

2-qism

- "Nasaf"ning kayfiyati ajoyib. Ayni vaqtda ular Superliga chempioni bo‘lishga har doimgidan ham ko‘proq yaqin deb o‘ylaysizmi? 

- Bizning eng oliy maqsadimiz Superligada chempionlik. Sababi, muxlislar ham ancha vaqtdan buyon buni kutyapti. Shu sababli, har bir bellashuvga oxirgi o‘yin kabi tushishimiz kerak. Yigitlar bilan gaplashdim. "Dinamo"ga qarshi bellashuvga tayyorgarlikni hozirdan boshlaymiz. 

- "Nasaf" kelasi mavsumda jamoaning o‘zagini saqlab qola oladimi? 

- To‘g‘risi, shu holat har doim boshimni og‘ritadi. Jamoani endi shakllantirganimda qanaqadir takliflar bo‘lib qoladi. Mana hozir 2-3 futbolchimga "Paxtakor" "sovchi qo‘yayotganini" eshitib qoldim. Biroq biz "Paxtakor" darajasiga chiqib bo‘ldik. Biz kelasi mavsum OChLda o‘ynashimiz aniq bo‘ldi. Endi jamoaning o‘zagini saqlab qolishga harakat qilamiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
31/10/2022 20:08
ПАХТАКОРга етишга Бир неча ковун пишиги бор