Asosiy nishon - Xoland!

  • 26 mart, 2022, 09:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati “Borussiya” to‘purari Erling Xoland uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi, deb xabar tarqatmoqda Ispaniyaning Sport.es sayti.

Manbaning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar yozgi transferlar mavsumi uchun norvegiyalik hujumchini asosiy nishon qilib belgiladi. Jamoa bosh murabbiyi Xavi hujum chizig‘ini kuchaytirishni talab qilmoqda.

Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, “Barselona” futbolchi uchun taklif qiladigan shartnomaning moliyaviy tomonlari “Manchester Siti”nikidan kamtarroq bo‘ladi. Biroq, ular hujumchining Ispaniya chempionatida to‘p tepish istagi ustunlik qilishiga ishonmoqda. Chunki Bundesligadan Angliya premer-ligasiga yo‘l olgan aksariyat yulduzlar ingliz futboliga moslasha olmaydi.

2020 yildan beri dortmundliklar safida to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan yulduzga “Barselona”ning ashaddiy raqibi “Real” ham xaridor hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!