Aspinall chempion bilan jangga tayyor

  • 4 iyul, 2024, 17:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinall yarim og‘ir vazn toifasi chempioni Aleks Pereyra bilan jang qilishga tayyorligini aytdi.

“So‘nggi yillarda Pereyra ajoyib ishlarni amalga oshirayotganini tan olmaslik mumkin emas. Uch yil oldin u hech kim edi, hozir esa u MMA ning asosiy yulduzlaridan biri. Men uni va erishgan yutuqlarini juda hurmat qilaman. Men u bilan jang qilmoqchiman. Agar UFC rozilik bildirsa, men oktagonga chiqishga tayyorman", - deya Aspinall so‘zlarini keltiradi talkSport.

Eslatib o‘tamiz, 28 iyul kuni Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 304" turnirida Tom Aspinall(14-3) Kyortis Bleydes(18-4-1 N/C)ga qarshi jang o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!