
Asror Aliqulov: "Ikkinchi bo‘limda ayrim asosiy o‘yinchilarni tushirdik va ikkita to‘p kiritdik"
O‘zbekiston Kubogi doirasidagi “Mash’al” – “Olimpik” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov quyidagicha fikr bildirdi.
"Kubok o‘yiniga U21 jamoasidan ko‘proq futbolchilarni jalb qildik. Lekin, baribir ular ikki kun oldin o‘z chempionatidagi o‘yinni o‘tkazishgandi. Shu bois yigitlarni hali tiklana olmaganliklari sezilib qoldi. Birinchi bo‘limda o‘yinga qiyin kirishishdi.
Hisobda ortda bordik. Ikkinchi bo‘limda ayrim asosiy tarkib futbolchilaridan tushirdik. Keyin ustunlik qila boshladik. Ikkita to‘p kiritdik. Uchrashuv oxirlarida Dilshod Rahmatullaevni zaxiraga oldik, yosh o‘yinchilarga imkoniyat berdik. “Mash’al” jamoasini keyingi bosqichga chiqqani bilan hammani tabriklayman".
Fikrlar