Asror G‘ofurov: To‘g‘ri, "Lokomotiv" uch karra chempion, lekin biz yutqazish uchun o‘ynamaymiz

  • 4 aprel, 2019, 15:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Besh yil davomida Turkiya chempionatida to‘p surib ilk bor O‘zbekiston chempionatiga qaytgan Asror G‘ofurovni bilsangiz kerak. Yarim himoyachi ushbu mavsumdan boshlab «Andijon» jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Tecno

Mahoratli futbolchi bugun "Lokomotiv"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Men «Paxtakor»da sakkiz yil davomida shug‘ullanib, tahsil olganman. Oybek Qilichev, Ildar Mamatkazin va Dilshod Rahmatullaev ham «Paxtakor»da o‘ynashgan. E’tibor bersak, tarkibimizdagi ko‘plab o‘yinchilar yaxshi jamoalarda o‘ynashgan. Ishonasizmi, jamoamizda zarracha shubha yo‘q. Biz maydonga uch ochkoni ko‘zlab tushamiz. To‘g‘ri, «Lokomotiv» O‘zbekistonning uch karra chempioni va bizga qiyin bo‘ladi. Lekin biz yutqazish uchun o‘ynamaymiz", - deydi G‘ofurov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!