«Aston Villa» «Frayburg» futbolchisini 60 mln yevro evaziga sotib oldi
«Frayburg» markaziy yarim himoyachisi Yoxan Manzambi faoliyatini «Aston Villa»da davom ettiradi. Bu haqida futbol bozoridagi ishonchli manbalardan biri Fabrizio Romano xabar berdi.
Uning ma'lumoticha, ikki klub 20 yoshli shveytsariyalik futbolchining transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Bitim qiymati 60 million evroni oshishi aytilmoqda. Shuningdek, «Aston Villa» Manzambi bilan shaxsiy shartnoma borasida ham kelishib olgani qayd etilmoqda. Yaqin kunlarda rasmiy e'lon berilishi kutilmoqda.
2025/26 yildagi mavsumda Manzambi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 47 o‘yinda maydonga tushdi, yetti gol urdi va to‘qqizta golli uzatma amalga oshirdi.
Shuningdek, xavbek 2026 yildagi jahon chempionatida ham ishtirok etdi. U to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, uch bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va ikki marta hamjamoadoshlariga golli pas berdi.

Fikrlar