
"Aston Villa" futbolchisining APLdagi g‘alabasiz seriyasiga nihoyat yakun yasaldi
"Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish nihoyat APL uchrashuvlarida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tish lozimki, birmingemliklar kecha premer-liganing 3-turi doirasida o‘z maydonida “Everton” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
E’tiborlisi, shu tariqa Grilishning APLdagi 20 ta o‘yindan buyon davom etib kelgan g‘alabasiz seriyasiga barham berildi.
Ma’lumot uchun, Jek “Aston Villa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yaqinda unga sardorlik bog‘ichi topshirildi.
Fikrlar