"Aston Villa" MYuga etib oldi va faqatgina "Liverpul"dan ortda qolmoqda!

  • 29 yanvar, 2020, 09:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aston Villa" klubi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, "Lester" (2:1, 1:1) ni mag‘lub etib, Angliya liga kubogining finaliga chiqdi.

Tecno

Shu tariqa, Birmingem klubi o‘z tarixida 9-bor ushbu turnirning finaliga etib kelib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha "Manchester Yunayted" bilan tenglashib oldi va "Arsenal", "Tottenxem", "Chelsi" (8 martadan) klublaridan o‘zib ketdi. "Aston Villa"dan faqatgina "Liverpul" (12 bor) ko‘proq finalda o‘ynagan.

Ma’lumot uchun, "Villa" jamoasi 5 marotaba ushbu musobaqa chempioniga aylangan. So‘nggi bor, 1996 yili "Lids" (3:0) ni mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylangan edi.

Din Smit shogirdlariga finalda "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" qarama-qarshiligining g‘olibi to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!