"Aston Villa" qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi
APL 23-turidan o‘rin olgan "Everton" - "Aston Villa" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda birmingemliklar minimal hisobda g‘alaba qozondi.
Buendiya tomonidan kiritilgan yagona gol amalda o‘yin taqdirini hal qildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Jerrard shogirdlari hisobidagi ochkolar sonini 26 taga etkazgan holda, APL turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 19 ochkosi bor "irischilar" 16-pog‘onani band etgan.

Fikrlar