"Atalanta" klubi yarim himoyachisi  "Inter"ga ko‘chib o‘tadi

  • 2 yanvar, 2017, 17:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Atalanta" klubi yarim himoyachisi  Roberto Galyardini yaqin orada "Inter"ga ko‘chib o‘tadi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, "neradzurrilar" 22 yoshli futbolchini iyunda sotib olish sharti bilan ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olmoqda.

Manbaning xabar berishicha, ushbu yarim himoyachining transferi bonuslardan tashqari 25-27 million evroga baholanmoqda. 

Qayd etish joiz,  Galyardini joriy mavsumda A seriyada 13 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golga assistentlik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!