
"Atalanta" Lukmanni qancha summaga qo‘yib yuboradi?
Avvalroq "Atalanta" 27 yoshli hujumchi Ademola Lukman uchun "Inter" taklif etgan 42 million evro va 3 million evro bonuslarni rad etgani xabar qilingan edi.
Keyinchalik "Sky Sport Italia" hech qanday yangi takliflar kutilmayotganini va klub futbolchini sotish niyatida emasligini ma’lum qilgandi.
Biroq, jurnalist Alfredo Pedulla bu ma’lumotlarni inkor etdi. Uning aytishicha, agar "Atalanta" 45 million evro va unga qo‘shimcha 5 million evro bonuslar bilan taklif olsa, Lukmanni sotishga tayyor. Bonuslarning to‘lanishi uchun qo‘yilgan shartlar esa oson bajarilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Lukman A Seriyada 31 o‘yinda 15 ta gol urgan va chempionatning to‘purarlar ro‘yxatida 3-o‘rinni egallagan edi.
Fikrlar