"Atalanta" o‘z safiga "Yuventus" futbolchisini qo‘shib oldi
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Janluka Frabotta yangi mavsumni "Atalanta" safida boshlaydigan bo‘ldi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, bergamoliklar 22 yoshli futbolchining 1 yillik ijarasi borasida kelishuvga erishgan. Shartnomaning yana bir jihati, ushbu ijara muddati yakunlangach "Atalanta" Frabottaning transferini to‘liq sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Frabotta o‘tgan mavsum "Yuventus" safida jami 17 o‘yinda maydonga tushdi va bitta gol hamda bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Janlukaning “keksa sinora” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar