
"Atalanta" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Italiya kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Atalanta" - "Fiorentina" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mehmonlar 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
Florentsiyaliklar safida Pyontek dubl qayd etdi. Shuningdek, Nikola Milenkovich ham raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. Bergamoliklar safida Zappakosta va Boga o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Fiorentina" Italiya kubogi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar