"Atalanta" va "Napoli" bir futbolchini ko‘zlamoqda
“Spetsiya”ning chap qanot himoyachisi Simone Bastoni faoliyatini A Seriyaning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin.
24 yoshli futbolchini “Napoli” va “Atalanta” o‘z safida ko‘rishni xohlayapti. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
Bastoni joriy mavsum A Seriyada 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar