"Atalanta"ning maqsadi jiddiy! Navbat "Yuve" himoyachisiga!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atalanta" rasmiy sayti klub "Yuventus" himoyachisi Kristian Romeroni o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qildi.

Jamoa argentinalik futbolchini 2 mln evro evaziga ijaraga oldi va 18 mln evroga xarid qilish huquqini ham qo‘lga kiritdi.

Jamoalar ijara muddatini 2 yil qilib belgiladi.

22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni ijara asosida "Jenoa"da o‘tkazib, A Seriya doirasida 30 ta bahsda maydonga tushdi va bitta gol hamda 1 ta assistentlikni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!