"Atletik" ustozi iste’foga chiqarildi
"Atletik" Bilbao klubi ustozi Marselino Garsiya Toral o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Toral mavsum boshida bilbaoliklarni qabul qilib olgandi. U boshchiligida basklar La Liga 38 tur yakuniga ko‘ra, 55 ochko to‘pladi hamda 8-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik mutaxassis bunga qadar "Valensiya", "Sevilya" hamda "Vilyarreal" kabi jamoalarni boshqargan.
Fikrlar