
"Atletiko" - "Bavariya" bahsida kuchlar teng keldi (video)
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 5-tur markaziy bahsi Madridda bo‘lib o‘tdi. Shu kuni amaldagi chempion – “Bavariya” safarda “Atletiko” mehmoni bo‘ldi.
Dastlab, 26-daqiqada Joao Feliks “matraschilar”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Tomas Myuller (86') gol urib myunxenliklarni muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Yakuniy hisob – 1:1.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar