
"Atletiko" - "Sevilya" uchrashuvi bo‘ron tufayli bekor qilindi
La Liga doirasidagi “Atletiko” – “Sevilya” uchrashuvi bo‘ron tufayli bekor qilindi.
Davlat meteorologiya agentligi DANA bo‘roni sababli Madridda shu yakshanba kuni soat 12:00 dan 18:00 gacha qizil ogohlantirish e’lon qildi.
“Shaharni juda qiyin kun va oqshom kutmoqda. 1972-yildan beri yog‘ingarchilik bo‘yicha rekord o‘rnatilishi taxmin qilinyapti”, dedi Madrid meri Xose Luis Martines-Almeyda.
O‘yin sanasi hozircha noma’lum, La Liga keyinroq e’lon qiladi.
Fikrlar