"Atletiko", "Milan" va "Borussiya D" bir futbolchi uchun kurash boshladi

  • 9 iyun, 2021, 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko", "Milan" va "Borussiya D" klublari "Lill" yarim himoyachisi Jonatan Ikone uchun raqobat boshladi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ushbu klublar 23 yoshli frantsiyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi. O‘z navbatida "Lill" etakchi futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas, biroq moliyaviy tomondan yaxshi taklif bo‘lsa, uni ko‘rib chiqishi mumkin.

Ikone asli PSJ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U yakunlangan mavsum "Lill" safida jami 48 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Jonatanning “Lill” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!