
“Atletiko” APLning ikki yulduzini kutmoqda
Chempionlik uchun kurashda “Real” va “Barselona”ga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga harakat qilayotgan “Atletiko” yozgi transferlar vaqtida tarkibini Angliya chempionati vakillari bilan kuchaytiradigan bo‘ldi.
Madridliklar “Chelsi”dan ketish ilinjida yurgan Hakim Zieshga ko‘z tikmoqda. Tomas Tuxel kelganidan beri etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan marokashlik yarim himoyachi jamoadagi ahvolidan norozi. 27 yoshli futbolchi “Ayaks”dan olib kelinganidan beri Anliya premer-ligasida atigi 13 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Shuningdek, Diego Simeone “Arsenal” hujumchisi Aleksandr Lyakazettni ham o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Londonliklar frantsiyalik to‘purarni yozda 35 million evroga sotib yuborishini hozirdan ma’lum qilgan.
Fikrlar