"Atletiko" ashaddiy raqib "Real"ga qarshi derbi oldidan muhim futbolchisini yo'qotdi

  • 12.09.2026 16:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Atletiko» Madridning markaziy yarim himoyachisi Pablo Barrios mushak jarohatiga uchradi va yaqin vaqt ichida jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqida Marca nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchida muammolar «Liverpul»ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvi (1:2) paytida yuzaga kelgan. Olingan jarohat sabab Barrios Ispaniya chempionati beshinchi turidagi «Real Sosyedad»ga qarshi o‘yinni aniq o‘tkazib yuboradi. 

Shuningdek, yettinchi turda ashaddiy raqib «Real»ga qarshi derbida maydonga tushishi ham deyarli istisno etilmoqda.

Joriy mavsumda Barrios barcha musobaqalar doirasida beshta o‘yinda maydonga tushdi va bir golli pas muallifiga aylandi.

«Real Sosyedad» – «Atletiko» uchrashuvi 13 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!