
“Atletiko” ashaddiy raqibi “Real”dan futbolchi olmoqchi
Madrid shahri sharafini himoya qiladigan ikki klub – “Atletiko” va “Real”ning munosabatlarini do‘stona, deb bo‘lmaydi. Bu jamoalarning futbolchi almashishi ham deyarli imkonsiz.
Shunga qaramay, Diego Simeone raqib jamoa tarbiyalagan futbolchini o‘z jamoasiga taklif etmoqchi. “Atletiko” Zinedin Zidanning ishonchini qozona olmasdan “Arsenal”ga ijaraga berib yuborilgan Dani Sebalosga etarli darajada o‘yin amaliyoti bermoqchi.
“Atletiko” 24 yoshli yarim himoyachi uchun “Real”ga 40 million evro to‘lashga tayyoryu. “Qirollik klubi” ham o‘zi istagan futbolchilarni olish uchun bu taklifni qabul qilishi kutilmoqda.
Sebalosning o‘zi “Arsenal”ning jamoada qolish haqidagi chorlovini qabul qilmadi. Iste’dodli yarim himoyachi yurtida to‘p tepmoqchi.
Fikrlar