"Atletiko" "Bavariya" bilan raqobatga tayyor

  • 04.10.2021 15:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Timo Verner faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Transfermarkt portali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli germaniyalik futbolchini "Atletiko" o‘z safida ko‘rmoqchi. "Matraschilar" Verner uchun kurashda "Bavariya" va "Borussiya" Dortmund bilan raqobatlashishga tayyor.

Timo Verner joriy mavsum "Chelsi" safida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan. Uning ayni damdagi transfer narxi 65 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!