"Atletiko" ham FIFAning qaroridan norozi (FOTO)

  • 4 sentabr, 2018, 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi frantsiyalik hujumchisi Antuan Grizmanning FIFA tasnifi bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi uchun e’lon qilingan nomzodlarning yakuniy uchligiga kirmaganidan norozi bo‘lmoqda.

Tecno

Bunga qarshi “matraschilar” o‘zlarining tvitterdagi rasmiy sahifalsiga 27 yoshli frantsuzning 2018 yilda qo‘lga kiritgan 3ta sovrini – Evropa ligasi, Jahon chempionati va UEFA Superkubogi bosh sovrinlari bilan tushgan suratini joylashtirishdi va unga “Gap yo‘q” deya izoh qoldirishdi.

"Атлетико" отреагировал на непопадание Гризманна в тройку претендентов на приз лучшему игроку года

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” hujumchisi Lionel Messi ham kuchli uchlikka kiritilmagach kataloniyaliklar ham bu borada o‘z e’tirozlarini bildirib o‘tishgan edi.

Ma’lumot uchun, FIFAning bosh sovrini uchun bu yil Ronaldu, Modrich va Salohlar kurash olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!