"Atletiko" La Liganing 42 yillik "rekordi"ni takrorladi

  • 6 fevral, 2018, 09:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi joriy mavsum La Liganing o‘tgan 22ta turidan buyon biror marta ham raqib darvozasi tomon penalti tepmadi. Bundan tashqari ushbu o‘yinlarda hakam “matraschilar”ning birorta futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatmadi.

Tecno

Bunday holat Ispaniya chempionatida so‘nggi marta 1975/76 yilgi mavsumda “Betis” jamoasi bilan yuz bergan. O‘shanda “Betis” ham mavsumning dastlabki 22ta turida raqiblari darvozasi tomon penalti tepmagan.

Eslatib o‘tish lozimki, joriy mavsum “Atletiko” darvozasi tomon hakamlar 3 marta 11 metrlik jarima zarbasi belgilashgan.

Ma’lumot uchun, Diego Simeone shogirdlari hisobida ayni damda 49 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!