“Atletiko” “Real” forvardi bilan shartnoma imzolashni istamadi

Madridning "Atletiko" klubi Garet Beylning agenti bilan muzokara olib borishni istamadi, deb xabar beradi "Cope". Uelslik hujumchining vakili o‘z mijozi xizmatini poytaxt klubiga taklif qildi, ammo "matraschilar" ustozi Diego Simeone bunday shartnomadan bosh tortgan.

Shunday qilib, Garetning Pireney yarimorolidagi safari yakuniga etgan ko‘rinadi. Katta ehtimol bilan, forvardning keyingi manzili "Tumanli Albion" bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

32 yoshli hujumchi hozirda "Real" futbolchisi hisoblanadi. Uning "qirollik klubi" bilan shartnomasi iyun oyi so‘nggida yakuniga etadi.

Garet 2013 yildan beri Madrid grandi sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu vaqt oralig‘ida u 258 o‘yinda maydonga tushib, 106 gol va 67 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!