"Atletiko" yarim himoyachi sotib oldi (Fabritsio Romano)
Artyur Vermeren "Atletiko" safiga o‘tdi.
Yarim himoyachining yangi klubi bilan shartnomasi 6+1 ko‘rinishida imkolandi.
Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, "Antverpen" ushbu transferdan 18 million evro oladi, shuningdek, yana 5 million evro bonus bor.
Joriy mavsum 18 yoshli Vermeren Belgiya chempionati doirasida 21 o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar