
"Atletiko" yozda Grizmanning transferini to‘liq sotib oladimi?
Italiyalik insayder Matteo Morettoning so‘zlariga ko‘ra, “Atletiko” klubi yozda “Barselona”dan frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmanni sotib olmasligi mumkin.
Manbaga ko‘ra, sotib olish varianti faqat keyingi yozda va Grizmann 2022/23 yilgi mavsumda o‘zi uchun mavjud bo‘lgan o‘yinlarning 50% dan ko‘prog‘ini o‘ynagan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Ushbu mavsumda uning 50% dan ko‘prog‘i o‘ynaganligi sababli, frantsuz futbolchisining ijarasi avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytirildi.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” Grizmanni 40 million evroga sotib olishi mumkin.
Fikrlar